» » O‘zbekiston Tojikistonga un va antiseptiklardan iborat 18 vagon gumanitar yordam yubordi

O‘zbekiston Tojikistonga un va antiseptiklardan iborat 18 vagon gumanitar yordam yubordi


9-aprel kuni Dushanbega O‘zbekiston Prezidenti tomonidan yuborilgan 18 vagon gumanitar yordam yetib bordi, deb xabar beradi Asia-Plus.

Ta’kidlanishicha, vagonlar ichidan ming tonna un, antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar, tibbiyot xalatlari, qo‘lqop va niqoblar, baxilalar, respirator va tibbiy ko‘zoynaklar o‘rin olgan. Gumanitar yordamni kutib olishga Tojikiston bosh vazir o‘rinbosari Azim Ibrohim va sog‘liqni saqlash vaziri Nasim Olimzoda chiqqan.

Avvalroq O‘zbekiston Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurash uchun gumanitar yordam jo‘natgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Odil Ahmedov Xitoydan O‘zbekistonga gumanitar yordam jo‘natdi

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boshlanganidan buyon O‘zbekiston Xitoyga va Eronga gumanitar yordam jo‘natdi. O‘z navbatida, O‘zbekiston mazkur pandemiyaga qarshi kurashish uchun Xitoy, BAA va AQShdan yordam oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют