» » Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 759 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 759 kishiga yetdi


Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 759 kishiga yetdi, deb xabar beradi Tengrinews.

9-aprel tongida yana 32 kishida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan: Oqmo‘la viloyatida —13, Olmaotada —1, Qizilo‘rda viloyatida — 7, G‘arbiy-Qozog‘iston viloyatida —2, Atirau viloyatida —3, Qarag‘anda viloyatida —2, Chimkentda — 4 kishi;

Ayni vaqtda COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

Avvalroq Qozog‘istonda tibbiyot xodimlarining 120 nafari koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar Qozog‘istonda koronavirus oqibatida besh kishi vafot etgan. 26-mart kuni Nur-Sultonda 64 yoshli ayol, 31-mart kuni 50 yoshli erkak, 1-aprel kuni Qarag‘andada 62 yoshli erkak. 4-aprel kuni Turkiston va Oqmo‘la viloyatlarida ikki kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir: Nursulton Nazarboyevning koronavirusga chalingani haqidagi mish-mishlar rad etildi

9-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 555 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют