» » Foto: Aprel qori Toshkent ko‘chalarini qulagan daraxtlarga to‘ldirdi

Foto: Aprel qori Toshkent ko‘chalarini qulagan daraxtlarga to‘ldirdi


Avval xabar berganimizdek kecha, 8-aprel kuni, O‘zbekistonning bir qancha hududlarida kuchli yomg‘ir va shamol tezligi kuchayib, ba’zi joylarda qalin qor yog‘di.

Toshkent shahrida ham tushdan so‘ng, soat 17:00 dan o‘tib, boshlangan qor 9-aprel erta tongda ko‘chalarning qulagan daraxtlar bilan to‘lishiga sababchi bo‘ldi. Tuni bilan maydalab yog‘gan qor aralash yomg‘ir natijasida daraxtlarning qurigan tanasi namlikka dosh bera olmay qulab, shoxlari singan. Natijada shaharning bir qancha tumanlaridagi ayrim xonadonlar elektr ta’minotisiz qolgan bo‘lsa, shaxsiy avtomobilidan foydalana olmay, uni hovlida saqlayotgan haydovchilarning mashinalariga zarar yetgan.

Tozalash va obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari hamda avariyaviy yordam mashinalari ayni paytda ko‘rilgan kichik talafotlarni bartaraf etish bilan shug‘ullanmoqda.

Daryo muxbiri markaziy ko‘chalar va mahallalarning ichida bo‘lib ushbu holatlarni kadrlarga muhrladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют