» » Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 280 kishiga yetdi. Besh bemor reanimatsiyada

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 280 kishiga yetdi. Besh bemor reanimatsiyada


9-aprel soat 08:00 holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 10 ta holat qayd etilgan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Madamin Karatayevga tayanib, Akipress xabar berdi.

Yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan: Bishkek — 1, O‘sh viloyati — 1, O‘sh shahri — 3, Jalolobod viloyati — 5 kishi. Kasallikka chalinganlarning 3 nafari ayol va 7 nafari erkak ekanligi aytilmoqda. Ularning ikki nafari tibbiyot xodimlari. Shunday qilib, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 280 kishiga yetdi.

Ta’kidlanishicha, hozirda 10 nafar bemorning ahvoli og‘ir bo‘lib, ularning 5 nafari jonlantirish bo‘limida. Koronavirus aniqlangan 246 kishi statsionarda davolanmoqda.

Vazir o‘rinbosari kasallar strukturasi qanday ko‘rinishda ekanligi haqida ma’lumot bergan:

Avvalroq Qirg‘izistondagi kasalxonada barcha tibbiyot xodimlari koronavirusga chalingani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 

Mamlakatning butun hududi bo‘ylab favqulodda holat rejimi joriy etilgan. Mamlakat poytaxti Bishkek va boshqa hududlarda koronavirus sabab bir qator taqiqlar qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют