» » Toshkentda 6-sonli tug‘ruqxona karantinga yopildi

Toshkentda 6-sonli tug‘ruqxona karantinga yopildi


Toshkentda 5-aprel kunidan e’tiboran 6-sonli tug‘ruqxona karantinga yopilgan. Bu haqida bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov 9-aprel kuni AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda ma’lum qildi.

“Bemor bilan muloqotda bo‘lgan bir kishida koronavirus aniqlandi. Shuning uchun tug‘ruqxona majmuasi 14 kunga karantinga butunlay yopildi. Barcha bemorlar, tuqqan ayollar, bolalar va personal tibbiy kuzatuvga olinadi. 14 kunlik karantindan keyin tug‘ruqxona personali, mijozlari, bolalar orasida koronavirus infeksiyasi yo‘qligi aniqlansa, karantin bekor qilinadi”, — deydi Nurmat Otabekov.

Qayd etilishicha, hozirda koronavirus bilan zararlanish ko‘p holatlarda birinchi bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarda yoki xorijdan qaytganidan keyin karantinga joylashtirilgan fuqarolar orasida aniqlanmoqda.

“123 ta holatda xorij davlatlaridan kirib keldi. Virus O‘zbekistonga dunyoning 7 ta mamlakati orqali kirib keldi. Bemorlarning qolgan qismi ana shu shaxslar bilan muloqotda bo‘lishgan. Shuning uchun biz bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar orasida bemorlarni qidiramiz. Maqsad – ularni izolyatsiya qilish. Keyingi harakatlar ana shu o‘choqni likvidatsiya qilishga yo‘naltiriladi”, — deydi Nurmat Otabekov.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 555 nafarni tashkil qilmoqda. O‘zbekistondan tashqari Avstriya, Armaniston, AQSh, BAA, Janubiy Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand va Qozog‘istonda ham jami 23 nafar vatandoshda koronavirus aniqlangan, ulardan uch nafari (barchasi AQShda) vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli shashmoqam ijrochisi Rustam Samarqandiy edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют