» » New Life Insurance sug‘urta kompaniyasi pandemiya vaqtida himoya qiladi

New Life Insurance sug‘urta kompaniyasi pandemiya vaqtida himoya qiladi


Hayotni sug‘urta qilish hozirgi kunda jahonda insonning eng asosiy – himoya va xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantiruvchi zaruratga allaqachon aylanib bo‘ldi. Bugungi kunda har bir inson oilaning moliyaviy barqarorligi uchun mas’uliyat bilan yondashishi kerak. Bu borada o‘zini va yaqinlarini himoya qilishni istagan har bir insonga yordam berish asosiy ustuvor vazifasi bo‘lgan New Life Insurance sug‘urta kompaniyasi yordamga keladi!

“Himoya” hayotni sug‘urta qilish dasturi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga erishish borasida yagona oqilona yechim bo‘lib hisoblanadi, chunki ushbu mahsulot qo‘qqisdan kutilmagan hodisa sodir bo‘lgan taqdirda, oilaga qo‘shimcha moliyaviy yordamni ta’minlaydi. Ayniqsa, agar Siz oilaning boquvchisi bo‘lsangiz, yaqinlaringizning moliyaviy xotirjamligi Sizga bog‘liq bo‘lsa, siz o‘z oilangiz kelajagi haqida barcha holatlarni chamalagan holda bugundanoq g‘amxo‘rlik qilishingiz zarur. O‘zini bunday holatga sug‘urta qilish o‘z yaqinlarining xotirjamligiga ishonch hosil qilishni istagan barcha insonlar uchun eng maqbul qaror bo‘lib hisoblanadi.

Hayotni sug‘urta qilishga doir an’anaviy dasturlarda pandemiya yoki har qanday kasalliklarning epidemik tarqalishi ko‘rinishidagi istisnolar mavjud emas. Bu esa, agar inson “Himoya” hayotni sug‘urta qilish polisiga ega bo‘lsa, u holda sug‘urta qilingan shaxs hatto COVID-19 virusi bilan zararlanish sababi bilan ham olamdan o‘tgan taqdirda, uning yaqinlari New Life Insurance Kompaniyasidan moliyaviy yordam olishlari mumkinligini va hayotning qiyin davrlarida taqdir hukmiga tashlab qo‘yilmaganligini anglatadi.

Hayotni sug‘urta qilish bugungi kunda hamma uchun ochiq va hech qanday ortiqcha kuchni talab qilmaydi. Sug‘urta kompaniyasiga 1166 raqami orqali qo‘ng‘iroq qilishning o‘zi kifoya va kompaniya xodimi Sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob beradi hamda ular yuzasidan maslahat beradi. Hayotni sug‘urta qilish polisini faoliyat turi va daromadidan qat’iy nazar o‘z kelajagiga tushunib yetgan holda yondashuvchi har qanday istalgan odam xarid qilishi mumkin.

New Life Insurance har bir insonni jamiyat hamda qarindoshlari va yaqinlari oldida o‘zining fuqarolik javobgarligi haqida, na faqat karantin bo‘yicha xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda, balki qo‘qqisdan nogahoniy holatlar yuz bergan taqdirda moliyaviy xavfsizlik asosini yaratgan holda ham maksimal darajada himoyalanish zarurligi haqida o‘ylab ko‘rishga undaydi.

Biz fuqarolarimizni himoya qilish borasida o‘z vazifalarimizni bajarishni davom ettirmoqdamiz va karantin bo‘yicha kiritilgan vaqtincha cheklovlarga qaramay, dam olish kunlarisiz sutkada 24 soat onlayn tarzda bizning xizmatlarimizdan foydalanishingiz mumkin. Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markaziga 1166 qisqa raqami orqali qo‘ng‘iroq qilgan yoki info@nli.uzelektron manziliga xabar yuborgan holda bizning mijozlarimiz sifatli servis xizmatlarini olishlari va “Himoya” hayotni sug‘urta qilish dasturi bo‘yicha har qanday savollarni berishlari mumkin. Shuningdek Siz www.facebook.com/uzlifeinsure yoki https://instagram.com/new_life_insurance ijtimoiy tarmoqlarida biz bilan muloqotga kirishingiz mumkin.

O‘ylab ko‘ring, baxt va xotirjamlik kundalik hayotimizda qilinayotgan barcha xarajatlardan o‘ta muhimroq va qimmatliroqdir.

“Himoya” polisini xarid qiling! Siz va sizning yaqinlaringiz sug‘urta hodisasidan qat’iy nazar shu tarzda moliyaviy himoyalanishi mumkin!

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют