» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 582 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 582 nafarga yetdi


O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 9-aprel Toshkent vaqti bilan soat 15:30 holatiga ko‘ra 27 nafarga oshib, 582 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Avvalroq 9-aprel Toshkent vaqti bilan soat 10:00 holati bo‘yicha virusni yuqtirib olganlar soni 555 nafarga yetgani ma’lum qilingandi.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-martdan buyon) 30 kishi kasallikdan sog‘ayishga muvaffaq bo‘ldi, ayni vaqtda uch kishi (bir ayol va ikki erkak) koronavirus sabab vafot etdi.

O‘zbekistonda 4—7-aprel kunlari koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar ayniqsa ko‘p qayd etildi. Xususan, 6-aprel kuni 115 kishida koronavirus aniqlangan — bu kunlik rekord; shuningdek, 6-aprel soat 10:00 dan 7-aprel soat 15:00 gacha bo‘lgan oraliqda, Buxoro (65 nafarga) va Qoraqalpog‘istonda (sakkiz barobarga) bemorlar soni keskin ko‘paygan.

O‘zbekistondan tashqari Avstriya, Armaniston, AQSh, BAA, Janubiy Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand va Qozog‘istonda ham jami 23 nafar vatandoshda koronavirus aniqlangan, ulardan uch nafari (barchasi AQShda) vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют