» » Olimlar koronavirus qachon eng yuqori darajaga chiqishi mumkinligini aniqladi

Olimlar koronavirus qachon eng yuqori darajaga chiqishi mumkinligini aniqladi


AQShning Michigan universiteti huzuridagi Jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabi olimlarining xulosasiga ko‘ra, shu paytgacha ma’lum bo‘lgan hamda odamda qayd etiladigan yetti turdagi koronavirusning to‘rttasi gripp kabi mavsumiy epidemiyani yuzaga keltiradi. Bu haqda MedicalXpress nashri xabar berdi.

Olimlarning qayd etishicha, kasallanishning asosiy qismi qish oylarida qayd etilishi pandemiyaning eng yuqori darajaga ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy vaqtni ko‘rsatishi mumkin.

Shifokorlar 2010-yilda to‘rt turdagi odam koronavirusining (OC43, 229E, HKU1 va NL63) tarqalishini kuzata boshlagan. Mazkur viruslar yuqqanda, kasallik belgilari yengil bo‘ladi. Hozirda olimlar SARS-CoV-2, ya’ni yangi turdagi korovirusning tarqalishini o‘rganmoqda.

Ma’lum qilinishicha, kasallik yuqishining asosiy holatlari dekabr oyidan aprel-may oylarigacha kuzatilgan, bunda kasallikning eng yuqori darajasi yanvar-fevral oylariga to‘g‘ri kelgan. Kasallanishning 2,5 foizigina iyun-sentabr oylariga to‘g‘ri kelgan.

Mavsumiy koronaviruslar COVID-19 kasalligini yuzaga keltiruvchi SARS-CoV-2 koronavirusi bilan bog‘liq. Biroq yangi turdagi koronavirus o‘zini avval ma’lum bo‘lganlari kabi tutadimi yoki yo‘qligi hozircha noma’lum.

Mavzuga doir: Fotogalereya: Koronavirus hujumi mikroskop ostida

COVID-19 pandemiyasi deyarli butun dunyoni qamrab oldi. Eng jiddiy vaziyat AQSh, Ispaniya va Italiyada kuzatilmoqda. Epidemiyaning dastlabki o‘chog‘i bo‘lgan Xitoyda kasallik bartaraf etilgani ma’lum qilindi. Xitoy hukumati 2019-yilning dekabr oyi oxirida kasallik qayd etilgan Uxan shahriga kirish-chiqishni 7-apreldan boshlab ochdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют