» » AQShlik hamshira o‘z bo‘limidan faqat o‘liklar chiqayotganini ma’lum qildi

AQShlik hamshira o‘z bo‘limidan faqat o‘liklar chiqayotganini ma’lum qildi


Nyu-Yorkdagi shifoxonalardan birida hamshira bo‘lib ishlovchi Aleksandra Masias o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali koronavirus pandemiyasining halokatli oqibatlari haqida gapirib berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

Hamshiraning so‘zlariga ko‘ra, u so‘nggi bir necha kundan beri intensiv terapiya palatasida ishlab kelmoqda. “Har kuni yangi odamlar kelayotgan bo‘lsa-da, malakali xodimlar yetishmayapti”, — deb yozadi Masias.

Hamshiraning aytishicha, u har kuni bemorlari vafot etguniga qadar ularni qo‘llab-quvvatlab turmoqda. “Hozirgacha bo‘limimizni o‘liklar uchun mo‘ljallangan qopdan boshqa narsada hech kim tark etmadi”, — deydi ayol.

Masiasning ta’kidlashicha, vafot etganlarning aksariyati sog‘lig‘ida hech qanday muammo bo‘lmagan yoshlar. “Kuchli insonlar, jismonan baquvvat. COVID-19 o‘ldirmagunicha, bir vaqtning o‘zida beshta joyda ishlaganlar ham bor. Bu virus odamlarni o‘ldirmoqda”, — deydi hamshira.

Shuningdek, u odamlarni ushbu kasallikni jiddiy qabul qilishga chaqirgan.

“Men sizlarni majburlay olmayman, biroq o‘tinib so‘rayman, tibbiyot xodimlarining aytganini jiddiy qabul qiling”, — deya yakunlaydi Masias.

Avvalroq britaniyalik hamshira ko‘zlarida yosh bilan aholiga videomurojaat yo‘llagan edi.

Mavzuga doir:

Nyu-York AQShda koronavirus pandemiyasining epimarkaziga aylangan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida Nyu-Yorkda 779 kishi koronavirusdan vafot etgan (AQSh bo‘ylab bir sutka ichida 1965 bemor vafot etgan). Butun shtat bo‘ylab 6268 kishi koronavirus qurboniga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют