» » O‘zbekiston hukumati a’zolari virus blokatorlarini taqishni boshladi

O‘zbekiston hukumati a’zolari virus blokatorlarini taqishni boshladi


O‘zbekistonda hukumat a’zolari virus blokatorlarini taqishni boshladi. Hukumat a’zolarining ushbu qurilmalarni taqqani 8-aprel, payshanba kuni, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash va mamlakatda tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi lavhalarida ko‘ringan. Bunga “Gazeta.uz” e’tibor qaratdi.

Nashrning yozishicha, yig‘ilishda qatnashgan bosh vazir Abdulla Aripov, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov virus blokatorlarini taqqan. Jamshid Qo‘chqorov qurilmani kostyumiga beyjik sifatida ilgan bo‘lsa, Abdulla Aripov va Po‘lat Bobojonovda qurilmalar belgi ko‘rinishida taqilgan.

“Gazeta.uz”ning aniqlashicha, beyjik ko‘rinishidagi qurilma Air Doctor, qalqonni eslatadigan belgi ko‘rinishidagi qurilma esa Ecom Air Mask deb nomlanadi.

Virus blokatorlarini ishlab chiqaruvchi Yaponiya kompaniyasining saytida xabar berilishicha, qurilma havoni dezinfeksiyalovchi va dezodoratsiya qiluvchi xlor dioksidini tarqatib, “bakteriyalar va viruslar kabi patogen mikroorganizmlarni samarali ravishda yo‘q qiladi”.

Qayd etilishicha, qurilma yopiq binolarda juda samarali hisoblanadi. Ochiq havoda va havo oqimlari kuchli bo‘lgan binolarda uning samaradorligi kamayadi.

Nashrning qayd etishicha, ushbu turdagi qurilmalar hozirgi vaqtgacha kerakli tadqiqotlardan o‘tkazilmagan va ularning viruslarga qarshi ishonchli himoya ekanligi isbotlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, 8-aprel kuni bo‘lib o‘tgan mazkur yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 3-bemorning oilasiga hamdardlik bildirdi, pandemiya sharoitida oziq-ovqatga bo‘lgan talabni qondirish uchun qishloq xo‘jaligi kooperativlarini rivojlantirish hamda shaxsiy tomorqalardan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют