» » Shavkat Mirziyoyev ish haqini to‘lash uchun korxonalarga kreditlar ajratish zarurligini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev ish haqini to‘lash uchun korxonalarga kreditlar ajratish zarurligini ta’kidladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-aprel kuni koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston bank tizimining barqaror ishlashini hamda iqtisodiyotga moliyaviy ko‘makchi bo‘lishini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, yig‘ilish videoaloqa tarzida o‘tkazilgan.

Ta’kidlanishicha, karantin tugaganidan keyin ko‘plab korxonalarga o‘z faoliyatini tiklash uchun ancha vaqt va mablag‘ kerak bo‘ladi. Shu bois Prezident Markaziy bankka ishlab chiqarish korxonalari faoliyati to‘xtab qolmasligi uchun banklar orqali 30 trillion so‘m aylanma mablag‘lar ajratilishini ta’minlash haqida topshiriq berdi.

“Zarur hollarda, korxonalarga ish haqi to‘lash uchun ham kreditlar ajratilishini yo‘lga qo‘yish lozimligi ta’kidlandi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют