» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston banklarini aholida hurmat uyg‘otadigan oddiy tashabbuslar bilan chiqishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston banklarini aholida hurmat uyg‘otadigan oddiy tashabbuslar bilan chiqishga chaqirdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-aprel, payshanba kuni koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston bank tizimining barqaror ishlashini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, o‘tgan hafta O‘zbekistondagi 24 ta bank tashabbus ko‘rsatib, jismoniy shaxslar uchun kredit ta’tili e’lon qildi.

Prezident 9-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda banklar shu kabi oddiy, lekin aholida ishonch va hurmat uyg‘otadigan yana ko‘plab tashabbuslar bilan chiqishi maqsadga muvofiqligini aytgan.

“Masalan, muddati tugagan omonatlarning muddati uzaytirilib, bu haqda OAVda e’lon qilinsa, karantin vaqtida uyida o‘tirgan aholiga qulaylik yaratiladi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev ish haqini to‘lash uchun korxonalarga kreditlar ajratish zarurligini ta’kidladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют