» » AirPods X: Apple’ning yangi naushniklari narxi e’lon qilindi

AirPods X: Apple’ning yangi naushniklari narxi e’lon qilindi


Apple kompaniyasining navbatdagi simsiz naushniklari AirPods X deb nomlanadi. Qurilma Beats by Dre garniturasining o‘rnini egallashi kerak, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Avvalroq ushbu naushniklar AirPods Lite nomi ostida ishlab chiqarilishi ma’lum qilingandi. Ular AirPods Pro naushniklarini yoqtiruvchi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan.

Tom’s Guide’ning yozishicha, Apple kompaniyasi AirPods X’dan tashqari, 2020-yilning ikkinchi choragida xuddi AirPods Pro kabi, biroq faol shovqinni pasaytirish tizimisiz AirPods 3’ni ham taqdim etishi mumkin. Shuningdek, kompaniya to‘liq formatli Apple Over-Ear Headphones katta naushniklarni ham ishlab chiqaradi — hozircha naushnik shu nom ostida ma’lum.

Mavzuga doir:

Insayder Jon Prosserning ma’lum qilishicha, AirPods X 2020-yilning sentabr-oktabr oylarida 200 dollardan sotuvga chiqadi. To‘liq formatli katta naushniklar esa 350 dollardan sotilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют