» » Shavkat Mirziyoyev banklarning hali boshlanmagan uzoq muddatli loyihalarini 2020-yilning o‘zida samara beradiganlariga almashtirish haqida ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev banklarning hali boshlanmagan uzoq muddatli loyihalarini 2020-yilning o‘zida samara beradiganlariga almashtirish haqida ko‘rsatma berdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-aprel kuni koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston bank tizimining barqaror ishlashini hamda iqtisodiyotga moliyaviy ko‘makchi bo‘lishini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, yig‘ilishda banklarning barqaror ishlashini ta’minlash, bandlik va aholi daromadlarini saqlab qolish masalalari muhokama qilingan.

Jahon iqtisodiyotida boshlanayotgan inqiroz holatlarini hisobga olib, banklarning loyihalar portfelini tanqidiy ko‘rib chiqish vazifasi qo‘yilgan. Ya’ni, hali boshlanmagan, uzoq muddatli loyihalarni aniqlab, ularni 2020-yilning o‘zida samara berishni boshlaydigan yangi loyihalarga almashtirish zarurligi ta’kidlangan.

Bu borada banklarga mablag‘larni ustuvor ravishda kichik biznes subyektlariga yangi ish o‘rinlari yaratish uchun hamda uy sharoitida o‘zini o‘zi band qilish uchun yo‘naltirish tavsiya etilgan.

2020-yilda “Agrobank”, Xalq banki, “Mikrokreditbank” orqali bandlikni ta’minlash dasturlariga 4 trillion so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi orqali Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga qo‘shimcha 500 milliard so‘m ajratiladi. Ushbu mablag‘lar ko‘plab yangi loyihalarga asos bo‘ladi.

Prezident birinchi navbatda oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, kichik biznes va hunarmandchilik loyihalariga ustuvor ahamiyat qaratish zarurligini ta’kidlagan.

Karantin davrida ham agrar sohadagi ishlar to‘xtamaganini hisobga olib, qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga biriktirilgan tijorat banklari hozirning o‘zida yangi loyihalarni ko‘paytirishlari lozimligi qayd etilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 47) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют