» » Samarqandda 1051 nafar fuqaro ikki haftalik karantindan chiqib, uyiga qaytdi

Samarqandda 1051 nafar fuqaro ikki haftalik karantindan chiqib, uyiga qaytdi


Samarqand shahrida joylashgan O‘zbekiston Qurolli kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazi binosiga joylashtirilgan 1051 nafar fuqaroning 14 kunlik karantin muddati tugadi va uyiga qaytarildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 25-mart kuni karantinga olingan fuqarolar tibbiy kuzatuv davrida ikki marotaba laboratoriya test sinovlaridan o‘tkazilgan. Olingan tahlil natijalari kuzatuvda bo‘lganlarda virus yo‘qligini ko‘rsatgan. Endilikda ushbu fuqarolar 10 kun davomida uy sharoitidagi karantin kuzatuvida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro 4-aprel, shanba kuni, tomoq og‘rishi va tana haroratining ko‘tarilishi bilan yashash hududidagi poliklinikaga murojaat qilgandi. Unda koronavirus aniqlangach, bemorning katta korxona boshqaruvchisi ekanligi aytilib, u bilan muloqotda bo‘lgan 200 kishi karantinga olindi.

2020-yil 9-aprel holatiga ko‘ra, viloyatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat 15-mart kuni qayd etilgan. Shundan so‘ng 16-martdan buyon mamlakatda karantin rejimi joriy etildi. Shu kungacha karantin qoidalariga amal qilmaganlar soni qariyb 40 ming kishiga yetdi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 9-aprel Toshkent vaqti bilan soat 15:30 holati bo‘yicha 582 kishiga yetdi. Shu paytga qadar uch kishi (bir ayol va ikki erkak) koronavirus sabab vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют