» » Furqat tumanidan olib qochilgan “Jiguli” Qo‘qonning Furqat ko‘chasidagi karantin postida ushlandi

Furqat tumanidan olib qochilgan “Jiguli” Qo‘qonning Furqat ko‘chasidagi karantin postida ushlandi


Qo‘qonda koronavirus infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida tashkil etilgan karantin postlarining birida avtomobil o‘g‘irlab ketayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Viloyatning Furqat tumanida yashovchi fuqaro K.E. 3-aprel kuni tuman IIBga murojaat qilib, hovlisidagi garajda turgan “Jiguli” (VAZ-2106) mashinasi noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilganligini bildirgan.

Shu kuni Qo‘qon shahar Furqat ko‘chasida tashkil etilgan karantin postida shaharga kirishga uringan VAZ-2106 mashinasi to‘xtatilgan. Haydovchining shubhali harakatlaridan so‘ng, YPX inspektori mashina haqida surishtirgan.

Surishtiruv davomida Furqat tumanida yashovchi fuqaro E.K.ga tegishli ushbu mashinani uning mahalladoshi S.R. tomonidan olib qochilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, S.R. qo‘lga olingan.

Mavzuga doir: Samarqandda avtomobil o‘g‘risi 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют