» » O‘zbekiston SSV piyoz koronavirusni o‘ldirishi haqidagi xabarlarni safsata deb atadi

O‘zbekiston SSV piyoz koronavirusni o‘ldirishi haqidagi xabarlarni safsata deb atadi


Ijtimoiy tarmoqlarda piyozning shifobaxsh xususiyatlari, jumladan koronavirusni o‘ldirishi ta’riflangan videolavha tarqaldi, deb yozmoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati.

Unda Zilola ismli fuqaro ikki-uchga bo‘lib qo‘yilgan piyoz bo‘laklarini derazalar oldiga, shkaflar ichiga, umuman odam kiradigan barcha joylarga qo‘yib chiqilsa, u har qanday virusni, jumladan, koronavirus o‘ziga tortib olib, kasallik tarqalishining oldini olishini aytgan. Bu gaplar qanchalik asosli ekanligi yuzasidan “Kun.uz” Sog‘liqni saqlash vazirligining Koronavirusga qarshi kurash shtabi mas’ul xodimi Saidmurod Saidaliyevdan izoh oldi.

“Piyoz organizm uchun foydali mahsulotligi, jumladan, bakteritsid xususiyatga ham ega ekanligi shubhasiz. Chunki uning tarkibida fitonsid moddalar mavjud va ular ko‘plab bakteriyalarni o‘ldirish xususiyatiga ega. Ammo piyozning viruslarni o‘ziga tortib olishi va o‘ldirishi safsatadan o‘zga narsa emas.

Bo‘laklarga bo‘lib uyga sochib chiqishning koronavirusdan himoyalashi va bu kasallikka davo bo‘lishi ilmiy jihatdan umuman asoslanmagan. Piyoz ham kesib qo‘yilsa, har qanday boshqa sabzavot singari vaqt o‘tib eskiradi, qorayadi yoki boshqa tusga kiradi. Bu aslo viruslarga bog‘liq emas.

Yurtdoshlarimizga internetdagi ‘mutaxassis’lardan emas, bevosita soha vakillaridan maslahat olishni tavsiya qilgan bo‘lardim”, — deb javob bergan Saidmurod Saidaliyev.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda sarimsoq va sirkali suvdan ham koronavirusni davolashda foydalanish mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov sarimsoq na antibakterial , na antivirus preparat ekanligini, suvga sirka aralashtirib ichish esa og‘iz bo‘shlig‘ini battar yallig‘lantirishi va virus kirishi mumkin bo‘lgan joyning paydo bo‘lishiga olib kelishini aytgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют