» » O‘zbekistonlik olimlar ishlab chiqqan test tizimi Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarda sinovdan o‘tkazilmoqda

O‘zbekistonlik olimlar ishlab chiqqan test tizimi Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarda sinovdan o‘tkazilmoqda


O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi xodimlari koronavirusni aniqlash uchun test tizimini ishlab chiqish ustida ish olib borayotgani haqida xabar berilgan edi. “O‘zbekiston 24” telekanalining xabar berishicha, ayni paytda mazkur mahalliy test tizimlarining klinik sinovlari davom etmoqda.

Ilg‘or texnologiyalar markazida test tizimidan tashqari tana haroratini masofadan o‘lchovchi termometr namunasi va tanani himoyalovchi 3D-shlemlar ishlab chiqilgan. Ta’kidlanishicha, hozirda markaz tomonidan Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga test tizimlarining navbatdagi partiyasini jo‘natishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Markaz direktori Shahlo Turdiqlovaning ma’lum qilishicha, test tizimlarining sezgirligi va aniqligini tekshirish maqsadida ular Virusologiya ilmiy-tekshirish institutida sog‘lom va kasallikka chalingan kishilarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinovlar tugagach, test tizimlari ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Turdiqulova xonimning alohida ta’kidlashicha, aprel oyining oxirigacha 50 mingta test tizimini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda sun’iy nafas oldirish apparatlari ishlab chiqarish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, AQShdagi o‘zbekistonliklar koronavirusga qarshi vosita ishlab chiqqani, uni keng miqyosda ishlab chiqarish uchun milliarder Alisher Usmonovdan yordam so‘ragani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют