» » O‘zbekistonda karantin vaqti doimiy yashash joyida turmagan pensionerlarga pensiya qanday to‘lanishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda karantin vaqti doimiy yashash joyida turmagan pensionerlarga pensiya qanday to‘lanishi ma’lum qilindi


O‘zbekiston Markaziy banki karantin davrida pensioner doimiy yashash manzilida bo‘lmasa yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyda yashasa, unga pensiya mablag‘larini yetkazish tartibini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, pensiya to‘lovi uchun qaydnoma (vedomost)lar pensiya oluvchining yashash manzili bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan maxsus dastur orqali Xalq bankining tegishli filiallariga jo‘natiladi.

Ushbu qaydnomalarga asosan pensiya mablag‘lari mazkur filialga moliyalashtiriladi va filial xodimlari tomonidan ularni oluvchilariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida qaydnomaga imzo qo‘ydirgan holda naqd shaklda to‘lab beriladi.

Karantin davrida Xalq banki tomonidan pensiya to‘lovlari pensionerlarning yashash manziliga yetkazilmoqda.

Fuqaro pensiyani tarqatish jarayonida yashash manzilida bo‘lmasa va vaqtincha boshqa hududda istiqomat qilayotgan bo‘lsa, mablag‘lar Pensiya jamg‘armasiga qaytariladi hamda to‘lanmay qolgan ushbu mablag‘lar keyingi oyda qo‘shib to‘lab beriladi.

Shuningdek, fuqaro vaqtincha istiqomat qilib turgan manzilida vaqtincha ro‘yxatda turgan bo‘lsa, ushbu hududdagi Pensiya jamg‘armasining bo‘limiga pensiya to‘lovlarini u vaqtincha yashab turgan hudud bo‘yicha to‘lov qaydnomasiga (manzillarini aniq ko‘rsatgan holda) kiritish va moliyalashtirishni so‘rab, murojaat qilishi mumkin.

Markaziy bank pensiya pullarini naqd shaklda olayotgan pensionerlarga Xalq bankining shaxsiy pensiya-overdraft kartalarini ochish va kelgusida pensiya mablag‘larini bank kartalariga o‘tkazishni tavsiya etmoqda.

Bu orqali pensionerlar quyidagi qulayliklarga ega bo‘ladi:

Eslatib o‘tamiz, Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida “o‘zini yakkalash” tartibi 6-apreldan majburiy tartibda joriy etildi. Unga ko‘ra, 65 yoshdan oshgan hamda surunkali kasalligi bo‘lgan fuqarolar o‘z uylaridan o‘ta zaruratsiz tashqariga chiqishi qat’iyan man etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют