» » “Foydasi bor-yo‘qligini bilmayman”. Putinning matbuot kotibi — o‘zi taqib yurgan virus blokatori haqida

“Foydasi bor-yo‘qligini bilmayman”. Putinning matbuot kotibi — o‘zi taqib yurgan virus blokatori haqida


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Meduza nashriga bergan intervyusida nima sababdan virus blokatoridan foydalana boshlaganiga oydinlik kiritdi. Peskov blokator taqishni kim tavsiya qilgani va u koronavirusdan himoyalay olish yoki olmasligi to‘g‘risidagi savollarga javob qaytargan.

“Bu vosita virusdan himoyalanishga yordam berish-bermasligini bilmayman. Men uni dorixonadan sotib oldim. Bilasizmi, hozir ko‘pchilik profilaktika nuqtai nazaridan turli vositalardan foydalanmoqda. To‘g‘risi, buning qandaydir foydasi borligiga ishonmayman. Ko‘plab ekspertlar bu zarar keltirishi mumkinligini haqida ta’kidlaganini ham o‘qiganman”, — dedi Putinning matbuot kotibi.

Meduza’ning yozishicha, blokator ishlab chiqaruvchi kompaniyaning saytida ushbu vositaning samaradorligi isbotlanmagani, aksincha, u nafas olishda xirillashga sabab bo‘lishi va inson fikrlarining chalkashliklariga olib kelishi haqida yozilgan.

“Fikrlar chalkashligi haqida — matbuot anjumani yakunlari bo‘yicha bu borada hukm chiqarishingiz mumkin. Nafas yo‘llarida xirillash esa hozircha yo‘q. Nima bo‘lganda ham, g‘amxo‘rligingizdan minnatdorman”, — deya qo‘shimcha qilgan Peskov.

Avvalroq O‘zbekiston hukumati a’zolari virus blokatorlaridan foydalana boshlagani haqida xabar berilgandi. 8-aprel kuni Prezident Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi lavhasida bosh vazir Abdulla Aripov, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov virus blokatorlarini taqqani ko‘ringan.

Virus blokatorlarini ishlab chiqaruvchi Yaponiya kompaniyasining saytida ta’kidlanishicha, ushbu vosita havoni dezinfeksiyalovchi va dezodoratsiya qiluvchi xlor dioksidini tarqatib, “bakteriyalar va viruslar kabi patogen mikroorganizmlarni samarali ravishda yo‘q qiladi”. Bu kabi vositalar bo‘yicha hozirgi qadar zarur tadqiqotlar o‘tkazilmagan va ularning viruslarga qarshi samarali himoya vositasi ekani to‘la isbotlanmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют