» » Ilon Mask muallifini ko‘rsatmay, mem joyladi. Endi uning folloverlari mem muallifiga mashina berishni talab qilmoqda

Ilon Mask muallifini ko‘rsatmay, mem joyladi. Endi uning folloverlari mem muallifiga mashina berishni talab qilmoqda


Ilon Mask Twitter’dagi sahifasiga itning rasmidan iborat mem joylashtirdi. Unda jonivor sochi olingunicha va undan keyingi holatda aks etgan.

“Itimning sochini oldirdim. U endi xuddi ichishni tashlagandek ko‘rinyapti”.

Ilon Maskning har bir posti juda ko‘p Twitter foydalanuvchilarining e’tiborini tortadi. Navbatdagi post ham bundan mustasno emas.

Maskning kuzatuvchilari boshqa jonivorlar ishtirokidagi shunga o‘xshash rasmlar va memlarni yubora boshladi.

“Bolaligingda onang sochingni olishga qaror qilganida”

“Sharmandalik haqida nima bilasan?”

What do you know about shame... pic.twitter.com/FmeLST1xrN

— Eva Fox ???? (@EvaFoxU) April 5, 2020

Izohlarga Los-Anjelesda yashovchi Morgan Myorfi ismli qiz ham qo‘shildi. U itning egasi ekanligi va ushbu hazilni u o‘ylab topganini yozdi. Dalil sifatida u 2017-yilda e’lon qilingan tvit skrinini ko‘rsatdi. Suratda bu hazil uch yil oldin uning sahifasiga joylanganini ko‘rish mumkin.

I made that. That’s my dog & joke.??????? pic.twitter.com/iBWxN9skuY

— Morgan Murphy (@morgan_murphy) April 5, 2020

Shundan so‘ng ko‘pchilik internet foydalanuvchilari Maskni muallifni ko‘rsatmay mem e‘lon qilgani uchun tanqid qildi.

Qizning o‘zi esa Ilon Maskni tanqid qilish fikridan yiroq edi, u shunchaki suratdagi kuchukcha uniki ekanligini aytmoqchi edi, xolos. Biroq, shunday bo‘lsa-da, yarmi hazil, yarmi chin tarzda Maskdan mem uchun mukofot tariqasida mashina so‘rab ko‘rdi.

“Bu mening kuchukcham. Uning ismi Jek. Sizdan mashina so‘rasam maylimi?” deb yozdi Morgan.

Hi this is my joke &my dog. His name is Jack. May I have a car please? ???? https://t.co/8xHhPRQQ3f

— Morgan Murphy (@morgan_murphy) April 5, 2020

Bu g‘oyani boshqa foydalanuvchilar ham ilib oldi va tadbirkordan ayolga mashina berishni so‘radi.

Ilon Mask ayolga mashina sovg‘a qilish-qilmasligi hozircha noma’lum, biroq u it va uning tatuirovkasiga yuqori baho berdi:

“Yoqimli kuchukcha. Meniki ham unga o‘xshaydi, biroq uning rangi oq-qora. Tatuirovkasi ham zo‘r”.

Lovable dog ??. Mine looks like yours but in black & white.

— Elon Musk (@elonmusk) April 5, 2020

Nice ink

— Elon Musk (@elonmusk) April 6, 2020

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют