» » Huquqshunos qonun ustuvorligini teran anglamasa, jamiyat qayerga boradi?!. Adliya vazirligi blogerga javob qaytardi

Huquqshunos qonun ustuvorligini teran anglamasa, jamiyat qayerga boradi?!. Adliya vazirligi blogerga javob qaytardi


Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi toyxona tibbiy niqoblar ishlab chiqaradigan yashirin sexga aylantirilgani haqidaxabar berilgan edi. Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev Ozbekistonda tibbiy niqob yetishmovchiligi yuqori bolib turgan bir paytda Soliq qomitasining bu kabiharakatiniqoralab chiqdi. Davlat soliq qomitasi ushbu material yuzasidan rasmiybayonot berib, tadbirkorkarantin qoidalari va sanitariya talablari qopol ravishda buzilganligini malum qildi. Adliya vazirligi esa Xushnudbek Xudoyberdiyevga javob qaytarib, huquqshunosni qonun ustuvorligini teran anglamaslikda aybladi.

Har qanday jamiyatda qonunlarga hurmat, belgilangan qoidalarga qatiy rioya qilish bu eng asosiy va muhim omildir.

Biz yo hamma qabul qilgan va bajarishi majburiy bolgan qonun va qoidalar asosda ishlaymiz va yashaymiz yoki har kim oz bilganicha, yani oz olchovi bilan turli xil subyektiv fikrlari asosida shakllangan qoidalari bilan yashaydi. Ming yillar davomida shakllangan sivilizatsiyalar qonun ustuvorligisiz yashab va rivojlanib bolmasligini allaqachon tushunib yetgan. Shuning uchun jamiyatlar barchaga majburiy, qulaymi yoki noqulay qati nazar, umumjamiyat manfaatini ifoda etuvchi qonun-qoidalar asosida boshqarilib, rivojlanib kelgan.

Bu oddiy, isbot talab qilmaydigan gaplarni XXI asrga kelib yana takrorlash, albatta, shart emas, ayniqsa, huquqshunoslarga buni eslatish ortiqcha.

Ozbekistonda qonun ustuvorligini taminlashda qator yechimini kutayotgan masalalar bor. Buni har kungi hayotimizda, xalqaro reytinglarimizdan ham korib turibmiz. Shunday ekan, ushbu muammolarni yechish va qonuniylikni taminlash ustida bosh qotirish kerakmi yoki teskarisini targib qilish kerakmi?

Lekin shunday holat yuz berdi va bu aksiomani takror eslatishga majbur bolyapmiz.

Chirchiq shahrida noqonuniy niqob tikish sexi faoliyatiga soliq organlari tomonidan chek qoyilgani yuzasidan huquqshunosXushnudbek Xudoyberdiyevning asossiz va hissiyotlarga berilgan qarashlari jamiyatga juda notogri signal yubordi.

Birinchidan, ishchilar ogzaki kelishuv asosida yollangani mehnat qonunchiligini buzish, soliqdan qochish va hokazolardan tashqari ushbu ishchilarning mehnat va boshqa huquqlari buzilishiga ham yol ochadi. Masalan, tadbirkor yollanma ishchilarga mehnat haqini tolamayman desa yoki mehnat jarayonida ishchilar sogligiga zarar yetsa, buning javobgarligi kimning gardanida boladi?

Ikkinchidan, qonunchilikka kiritilgan ozgartirishga kora, endilikda tibbiy niqobni ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab etilmaydi. Biroq bu tibbiy niqoblarni ishlab chiqishda belgilangan standartlardan voz kechilishi lozimligini anglatmaydi. Bundan tashqari, ushbu jarayon mehnat qonunchiligi, mehnat muhofazasi, sanitariya-gigiyena va epidemiologik vaziyat talablariga rioya etilgan holda tashkil etilishi lozim. Bu boradagi talablar bir muammoni yechayotib boshqa muammolarni yuzaga keltirmaslik uchun qoyilgan. Aks holda, biz oqibatlar va ulardan kelib chiqqan yana minglab oqibatlar bilan kurashishga resurs va vaqtni behuda sarflab, jamiyatni yangi-yangi muammolar girdobida qoldirgan bolamiz. Bunga yol qoyib bolmaydi.

Uchinchidan, 183 kishini har kuni bir joyga toplash va bunda sanitariya qoidalariga rioya etmaslikni tirikchilik bilan xasposhlash mutlaqo notogri! Tirikchilik qilish uchun, avvalo, sogliq, yani tiriklik kafolatlari minimal darajada bolsa ham taminlanishi kerak. Bu vaqtinchalik choralar ekanini hamma tushunib turibdi. Agar insonlararo kontaktlarni minimallashtirish bugungi sharoitda zarur chora bolmaganida, shuncha korxonalarni yopib, cheklovlar belgilamay, davlat osha ishchilarni ozining doimiy ishida davom etishiga yol qoyib bermasmidi? Yoki xuddi yana shunday uddaburon insonlar ozlariga hech qanday hujjatlarsiz va shartnomalarsiz yana 100 ta sex ochib ishlasa ham indamaslik kerakmi, 1000 ta sex ochsa-chi? Qonunlar unda nimaga kerak? Tadbirkorlar jamiyatga kerak, ular xalqni boqadi. Shu bilan birga, tadbirkorlik qonuniy asoslarda bolishini hech kimga isbotlashning hojati yoqdir!

Tortinchidan, bundan sal avvalroq ham blogerlar Davlat bojxona qomitasi tomonidan xorijga noqonuniy eksport qilinayotgan tibbiy niqoblar toxtatib qolinganda ehtirosli postlar yozib, goyoki tadbirkorning himoyasiga otlangan edilar. Vaholanki, Davlat bojxona qomitasining qonun doirasidagi harakati oqilona ish bolgani oradan oz fursat otmay hayotiy isbotini topdi: Ozbekistonda ham koronavirus qayd etildi va tibbiy niqoblar otkir taqchilligi yuzaga keldi. Shu sababli masalaga baho berayotganda faqat shu lahzalarning oniy xulosalariga tayanmay, keng jamiyat manfaatlari va vaziyat istiqbollari togrisida ham oylab, eng asosiysi esa Ozbekiston qonunchiligi talablaridan kelib chiqib,munosabat bildirilsa, ayni muddao bolar edi.

Davlat soliq qomitasining bayonoti sozimizning isbotidir. Bayonotda qayd etilishicha, ushbu toyxonada ochilgan sexda juda koplab talablar buzilgan, karantin va sanitariya qoidalariga rioya etilmagan, sex yopilishi bilan jiddiy va ogir oqibatlarga olib keluvchi holatlarning oldi olingan.

Hurmatli fuqarolar!Bugungi murakkab epidemiologik vaziyatda belgilangan qoidalar va talablarga rioya etish har qachongidan ham zarur va muhim.Temir tartib va intizom asosidagina yurtimizga kelgan sinovni yengib otishimiz mumkin.

Qonun ustuvorligi taminlanmaydigan davlatda yokihar kim oz qoidasi bilan yashayman deydigan jamiyatdakelajakhaqidagapirishga orin qolmaydi.Yuqorida qayd etilganidek,ushbu masalalarda Ozbekistonda ham katta-katta chaqiriqlar va yechilishi kerak bolgan muammolar bor. Bularni birgalikda yechishimiz kerak.

Barcha soha mutaxassislari jamiyatimizda qonunlar asosida yashash qadriyatlarini targib qilishi kerak, aksincha emas!

Adliya vazirligi



Manba: Daryo.uz
: admin (10-04-2020, 07:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -