» » Boris Jonsonni epidemiya xavfidan ogohlantirgan shifokorning o‘zi koronavirusdan vafot etdi

Boris Jonsonni epidemiya xavfidan ogohlantirgan shifokorning o‘zi koronavirusdan vafot etdi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonni koronavirus xavfidan ogohlantirgan shifokor koronavirusdan vafot etdi, deb xabar beradi The Mirror.

Ta’kidlanishicha, 53 yoshli urolog Abdul Mabud Choudxari 15 kun shifoxonada yotib, vafot etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki farzandning otasi bo‘lgan shifokorda koronavirus aniqlangan.

18-mart kuni Choudxari Boris Jonsonga murojaat yo‘llab, uni mamlakatdagi tibbiyot xodimlarining har birini koronavirusdan himoyalovchi vositalar bilan ta’minlashga chaqirgan.

Avvalroq COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan Jonsonning o‘zi reanimatsiyaga joylashtirilgani haqida xabar berilgandi. 8-aprel kuni Britaniya bosh vazirining ahvoli yaxshilangan: u o‘tirib, muloqot qilishni boshlagan.

Mavzuga doir: “Biz buni yengib o‘tamiz”. Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II koronavirus sabab telemurojaat yo‘lladi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Britaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 61 mingdan oshgan, 7,1 ming odam vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют