» » Jahon banki 2020-yilda O‘zbekiston YaIMining o‘sish darajasi 1,6 foizga teng bo‘lishini prognoz qildi

Jahon banki 2020-yilda O‘zbekiston YaIMining o‘sish darajasi 1,6 foizga teng bo‘lishini prognoz qildi


Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlarning iqtisodiy o‘sishi bo‘yicha o‘z prognozlarini yangiladi.

Unga ko‘ra 2020-yil O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining (YaIM) o‘sish surati keskin pasayib, 1,6 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Iqtisodiy o‘sish sur’atining pasayishiga tashqi savdo hajmining keskin kamayishi va koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan ichki bozordagi holatning yomonlashuvi ta’sir etadi. 2019-yilda mamlakat YaIMining o‘sish darajasi 5,6 foizga teng bo‘lgan.

Bundan tashqari, davlat budjeti taqchilligi YaIMga nisbatan 5,6 foizga yetadi. Mehnat muhojirlari tomonidan mamlakatga yuboriladigan pul oqimlari hajmi 50 foizdan ko‘proqqa qisqarishi mumkin. Natijada to‘lov balansidagi taqchillik YaIMning 8,5 foizini tashkil etadi. Oziq-ovqat narxlarining oshishi va oziq zanjiridagi uzilishlar sababli yillik inflyatsiya darajasi 15,8 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

Investitsiyalar oqimi 3,1 foizni tashkil etishi prognoz qilingan. 2019-yilda bu ko‘rsatkich 33,8 foizga teng edi. Eksport hajmi 1,2 foizga, import hajmi 3,2 foizga o‘sishi kutilmoqda. 2019-yilda ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 10,9 foiz va 47,3 foizni tashkil etgan edi.

Koronavirus inqirozi oqibatida bozor iqtisodiyotiga o‘tish bo‘yicha jarayonda qiyinchiliklar paydo bo‘lishi hamda mamlakatda kambag‘allik darajasi oshishi xavfi borligi ta’kidlangan. Inqirozga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va O‘zbekiston makroiqtisodiyotining himoya vositalari salbiy oqibatlarni kamaytirishda, ayniqsa, kambag‘al aholiga yordam berishda muhim o‘rin egallaydi.

Jahon banki mutaxassislarining fikriga ko‘ra, oltin va oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning pasaymasligi O‘zbekiston iqtisodiyotiga yordam berishi mumkin. Lekin ushbu bozorlarda ham narxlar o‘zgarishi ehtimoli bor.

Jahon banki mintaqadagi davlatlar bo‘yicha prognozlarini ham o‘zgartirgan. Hisobotga ko‘ra, YaIMning yillik o‘sish darajasi MDH davlatlarida:

Mavzuga doir: Dunyoda global inqiroz boshlangani ma’lum qilindi

Avvalroq Jahon banki O‘zbekistonni inqirozga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlash uchun 1,2 milliard dollar ajratish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют