» » O‘zbekiston Senati kartadagi pul aylanmasi haqidagi axborot olish to‘g‘risidagi qaror loyihasini qayta ishlab chiqishga chaqirdi

O‘zbekiston Senati kartadagi pul aylanmasi haqidagi axborot olish to‘g‘risidagi qaror loyihasini qayta ishlab chiqishga chaqirdi


Oliy Majlis Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Iminov internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘layotgan Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan yangi qo‘shma qaror loyihasining ayrim munozarali jihatlariga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki boshqaruvining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisob varaqlariga oid axborotlarni Davlat soliq qo‘mitasiga elektron uzatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qo‘shma qarori loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning plastik kartalaridagi mablag‘lar haqida soliq idoralariga xabar berish tizimi joriy etilishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, Soliq kodeksining 134-moddasiga ko‘ra bank mijozning bankdagi hisob varaqlari va omonatlari (depozitlari) mavjudligi, ularning qoldiqlari, ko‘chirmalari, soliq majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni soliq organining so‘roviga binoan taqdim etishi kerak.

Lekin muhokamaga qo‘yilgan hujjatda bir oy davomida jismoniy shaxslarning barcha bank kartalariga kelib tushgan pul mablag‘lari aylanmasi 30 million so‘mdan (shu jumladan, chet el valyutasi milliy valyuta ekvivalentida bo‘lgan taqdirda) va tranzaksiyalari soni 10 tadan oshgan operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotlarni banklar soliq idoralariga taqdim etishi belgilanmoqda.

“Soliq kodeksining 134-moddasida jismoniy shaxslarning bank kartalariga kelib tushgan pul mablag‘larining aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z ifodasini topmagan. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, muhokamaga qo‘yilgan hujjatga Soliq kodeksida nazarda tutilmagan me’yorlar kiritilgan. Shu bois keng muhokamaga sabab bo‘layotgan hujjatni Soliq kodeksiga asosan qayta ko‘rib chiqish lozim”, — deydi Iminov.

Mavzuga doir: Soliq qo‘mitasi kartadagi pul aylanmasi haqida axborot olish borasidagi o‘z tashabbusini izohladi

Avvalroq Savdo-sanoat palatasi Soliq qo‘mitasining ushbu qarori loyihasida tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlagani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют