» » Germaniyada shaxsiy samolyot uchuvchisi samoda quyon tasvirini “chizdi”

Germaniyada shaxsiy samolyot uchuvchisi samoda quyon tasvirini “chizdi”


Germaniyaning Berlin shahridagi tumanlaridan birining osmonida Flight Design CTLS shaxsiy samolyoti uchuvchisi Pasxa quyoni tasvirini “chizdi”. Ushbu holat 8-aprel kuni FlightRadar24 tomonidan qayd etilgan, deb yozadi AviaNews.

Uchuvchi Langenlipsdorf aholi yashash punktidan havoga ko‘tarilib, Berlinni aylanib chiqqan va havoda quyon shaklini “chizgan”. Shundan so‘ng samolyot Noy-Sauxa kommunasi hududiga qo‘ngan.

Uchuvchi bort raqami D-MUPY bo‘lgan Flight Design CTLS samolyotini boshqargan.

Ma’lumot uchun, Germaniyada ham koronavirus tufayli karantin e’lon qilingan. Aviaqatnovlar butunlay bekor qilingan.

Xristian diniga e’tiqod qiluvchilar 12-aprel kuni Pasxa bayramini nishonlaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют