» » Donald Tramp AQShda koronavirus o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanini ma’lum qildi

Donald Tramp AQShda koronavirus o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanini ma’lum qildi


AQShda koronavirus tarqalishi eng yuqori cho‘qqiga chiqdi, ayrim mintaqalarda pasayish ham kuzatila boshlagan. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Biz kasallikning eng yuqori cho‘qqisidamiz, bunga ishonchim komil. Ayrim holatlarda pasayish kuzatilmoqda, biz jarayonni boshlab yubordik”, — deydi Amerika yetakchisi.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan vitse-prezident Maykl Pensning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat eng keskin bo‘lgan mintaqalarda barqarorlashuv belgilari tobora ko‘proq kuzatilmoqda. Vitse-prezident Nyu-York shahri, Denver va Luiziana shtatlarini misol qilib keltirgan.

Avvalroq AQSh razvedkasi Uxanda tarqalgan koronavirus halokatli bo‘lishi haqida hukumatni noyabr oyidayoq ogohlantirgani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens 8-aprel kuni brifing chog‘ida mamlakatning ba’zi yirik shaharlarida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotganini ma’lum qilgandi. Tramp esa AQShda koronavirus qurbonlari soni 100 ming kishidan kamroq bo‘lishiga umid qilishini bildirgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 465 ming kishidan oshdi, 16,6 mingdan ortiq odam vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют