» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 42 nafarga oshib, 624 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 42 nafarga oshib, 624 kishiga yetdi


O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 10-aprel Toshkent vaqti bilan soat 10:00 holatiga ko‘ra 624 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Avvalroq, 9-aprel Toshkent vaqti bilan soat 15:30 holatiga virusni yuqtirib olganlar soni 582 nafarga yetgani ma’lum qilingan edi (9-aprel kuni aniqlangan kasallanish holatlari jami 36 nafarni tashkil etdi).

Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-martdan buyon) 38 kishi kasallikdan sog‘ayishga muvaffaq bo‘ldi, shu bilan birga uch kishi (bir ayol va ikki erkak) koronavirus sabab vafot etdi.

Qayd etish joiz, 4—7-aprel kunlari O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar ayniqsa ko‘p qayd etildi. Xususan, 6-aprel kuni 115 kishida koronavirus aniqlangan — bu kunlik rekord; shuningdek, 6-aprel soat 10:00 dan 7-aprel soat 15:00 gacha bo‘lgan oraliqda, Buxoro (65 nafarga) va Qoraqalpog‘istonda (sakkiz barobarga) bemorlar soni keskin ko‘paygan.

O‘zbekistondan tashqari Avstriya, Armaniston, AQSh, BAA, Janubiy Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand va Qozog‘istonda ham jami 23 nafar vatandoshda koronavirus aniqlangan, ulardan uch nafari (barchasi AQShda) vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli shashmoqam ijrochisi Rustam Samarqandiy edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют