» » O‘zbekistonda koronavirusga chalingani aniqlangan ilk bemor sog‘aydi. U bilan birga 14 nafar oila a’zosi kasalxonani tark etdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingani aniqlangan ilk bemor sog‘aydi. U bilan birga 14 nafar oila a’zosi kasalxonani tark etdi


O‘zbekistonda koronavirusga chalingani 15-mart kuni aniqlangani ilk bemor — oliy toifali shifokor Nigora Murodova kasallikdan sog‘ayib, 9-aprel kuni Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan reabilitatsiyaga o‘tkazildi. U kasalxonadan chiqarkan, “O‘zbekiston 24” telekanaliga intervyu bergan.

“Yurtboshimizga, ular ko‘rsatgan g‘amxo‘rliklariga, shunday oqil va odilona siyosatlari tufayli har bir bemorga mehr bilan ko‘rsatilgan davo bizni sog‘aytirdi. Bugun oilam bilan, biz 14 kishi, tuzalib chiqib ketyapmiz.

Biz uchun jon kuydirgan har bir tibbiyot xodimiga bugun minnatdorchilik bildiraman. Bugun men o‘zbekligimdan, O‘zbekiston fuqarosi ekanligimdan juda ham xursandman. Chunki O‘zbekistonda birinchi simptomlar aniqlanishi bilan statsionar karantinga olinib, davolanyapti”, — dedi Nigora Murodova intervyu davomida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15-mart kuni aniqlangan edi. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda birinchi bemorning shaxsiy ma’lumotnomasi tarqalib ketdi. Keyinchalik rasmiy manbalarda ham birinchi bemorning ismi sharifi N.M. ekani ko‘rsatib o‘tilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют