» » Moliyaviy inqiroz sabab Neymar PSJdan keta olmaydi

Moliyaviy inqiroz sabab Neymar PSJdan keta olmaydi


“Barselona”ga qaytishni istayotgan Neymar kelasi mavsum ham PSJda qoladi, deya yozmoqda Mundo Deportivo.

PSJdagilar koronavirus pandemiyasi sabab biror-bir klub Neymarni katta mablag‘ evaziga sotib ololmasligiga ishonmoqda. Boisi klublar chempionatlar va musobaqalar davom ettirilmayotgani sabab katta mablag‘ yo‘qotishi kutilmoqda. Shu boisdan ko‘plab jamoalar, jumladan, “Barselona” ham futbolchilar va murabbiylar maoshini qisqartirdi.

Ma’lumot uchun, PSJ 2017-yil yozida Neymar uchun “Barselona”ga 222 million yevro to‘lagandi.

Futbolchi ayni damda Parij klubida yiliga 31,6 million yevro maosh oladi. U bu borada dunyoda eng ko‘p haq to‘lanadigan uchinchi futbolchi hisoblanadi. Neymardan oldinda Leo Messi hamda Krishtianu Ronaldu bor, xolos.

Transfermark portali ayni damda Neymarning transferini 128 million yevroga baholamoqda. Uning PSJ bilan shartnomasi esa 2022-yil 30-iyuniga qadar tuzilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют