» » Kayli Jenner ikkinchi marta Forbes tomonidan eng yosh milliarder deb topildi

Kayli Jenner ikkinchi marta Forbes tomonidan eng yosh milliarder deb topildi


Kim Kardashyanning 22 yashar singlisi, Kayli Jenner Forbes reytingiga ko‘ra, eng yosh milliarder deb topildi. Bu haqda Cosmopolitan nashri ma’lum qildi.

Reyting 30 yoshdan katta bo‘lmaganlardan tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra, Kaylining moliyaviy ahvoli milliard dollardan yuqori baholangan. Kayli oilaviy realiti-shouda suratga tushish bilan birga, model sifatida ham faoliyat olib boradi. Asosiy daromadni unga qarashli Kylie Cosmetics kompaniyasi keltiradi.

Ta’kidlash joiz, Kayli 2019-yilda ham eng yosh badavlat deb topilgandi. Model, butun dunyodagi milliarderlar reytingida 1990-o‘rinda hisoblanadi. Kaylining opasi Kendall Jenner ham Forbes tomonidan 2019-yilda eng ko‘p haq to‘lanadigan model deb e’lon qilingan.

Mavzuga doir:

Reytingning ikkinchi va uchinchi o‘rinlariga Ferd kompaniyasi asoschisining qizlari, 23 yashar Aleksandra va 24 yashar Katarina Andresenlar loyiq deb topilgan. Opa-singillarning har ikkisi kompaniyaning 42% aksiyasiga egalik qiladi va 1,1 milliard dollar daromadga ega.

Mavzuga doir: Dunyoning eng badavlat odamlari yil boshidan buyon qariyb 1 trln dollaridan ayrildi

Amazon kompaniyasining asoschisi Jeff Bezos 113 milliard dollar bilan yer yuzidagi eng badavlat inson deb topilgan bo‘lsa, Microsoft asoschisi Bill Geyts 98 milliard dollar bilan ikkinchi, Louis Vuitton Mo?t Hennessy (LVMH) rahbari 76 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinda.

2020-yilning milliarder ayollar reytingida Walmart kompaniyasi asoschisining qizi 71 yashar Elis Uolton 54,4 milliard bilan yetakchi, L’Oreal asoschisining nabirasi 67 yashar Fransuaza Betankur 38,2 milliard dollar bilan ikkinchi o‘rinda.

Forbes’ga ko‘ra, Facebook asoschisi Mark Sukerburg yilning eng omadsiz milliarderi deb topilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют