» » “Bizga tepadan qo‘ng‘iroq bo‘ldi” — Deyna Uayt UFC 249 musobaqasining bekor qilinishi haqida

“Bizga tepadan qo‘ng‘iroq bo‘ldi” — Deyna Uayt UFC 249 musobaqasining bekor qilinishi haqida


UFC prezidenti Deyna Uayt UFC 249 musobaqasining bekor qilinishiga munosabat bildirdi. Bu haqida ESPN xabar bermoqda.

“Yuqoridan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Ushbu musobaqani o‘tkazmasligim kerakligini aytishdi. Bu keyingi musobaqalarga ham taalluqli. Ammo hammasi yaxshi, biz ham bunday davrni boshdan o‘tkazishimiz lozim edi. Lekin birinchi imkoniyat paydo bo‘lishi bilan qayta olish muhim. Bosim menga ta’sir o‘tkaza olmaydi. 20 yildan beri shu ish ichidaman. Boshqa odamlarning nimalarni o‘ylayotgani menga qiziq emas. Biroq xavfsizlik va odamlarning sog‘lig‘i bizni ham birinchi navbatda xavotirga soladigan narsaligini tushunish lozim. Biz juda tez qaytamiz”, — deydi Deyna Uayt.

Eslatib o‘tamiz, UFC 249 musobaqasining asosiy jangi Habib Nurmagomedov hamda Toni Fergyuson o‘rtasida kechishi kutilgandi. Biroq Habib koronavirus sabab Rossiyadan chiqib keta olmasligi ma’lum bo‘lgach, uning o‘rniga Fergyuson bilan Jastin Getji jang qilishi belgilangandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют