» » Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashining koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlangan videosammitida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashining koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlangan videosammitida ishtirok etadi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-aprel kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining koronavirus taraqalishiga qarshi kurashishda umumiy sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga bag‘ishlab videoanjuman tarzida o‘tkaziladigan navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbir tashkilotda raislik qilayotgan Ozarbayjon tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.

Unda Turkiy kengashga a’zo beshta davlat — Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston rahbarlari, shuningdek, Turkmaniston prezidenti va Vengriya bosh vaziri ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

“Videoanjumanga Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesusning ham ulanishi kutilmoqda”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Kun tartibiga muvofiq, tomonlar koronavirus pandemiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida amalga oshirilayotgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashadi.

Mavzuga doir:

Ushbu xavfli yuqumli kasallikka qarshi kurashish maqsadida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilinadi hamda mamlakatlar sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa vakolatli idoralari o‘rtasidagi sheriklikning aniq mexanizmlari ishlab chiqiladi.

Global epidemiologik inqiroz sharoitida savdo-iqtisodiy, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikning ustuvor loyihalarini yana-da ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Turkiy kengashning navbatdan tashqari sammiti yakunida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilinishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют