» » Moskvada koronavirus sabab qabristonlarni ziyorat qilish taqiqlandi

Moskvada koronavirus sabab qabristonlarni ziyorat qilish taqiqlandi


Moskvada qabristonlar ziyorat qilish uchun yopildi, dafn marosimi va u bilan bog‘liq xizmatlarni rasmiylashtirish uchun tashrif buyurish hollari bundan mustasno. Meduza’ning yozishicha, tegishli buyruq Moskva meri Sergey Sobyanin tomonidan imzolandi.

Qayd etilishicha, koronavirusga chalinish xavfini oldini olishga qaratilgan ushbu chekovlar Moskvada 30-martda o‘rnatilgan yuqori tayyorgarlik rejimi tugallangunga qadar davom etadi.

An’anaga ko‘ra, rossiyaliklar bahorda yaqinlarining qabrini ziyorat qiladi. Pasxa, Krasnaya gorka, Radonitsa kabi diniy bayramlarda o‘tkaziluvchi ommaviy ziyorat esa bu yili aprel oyiga to‘g‘ri keladi.

Sobyaninning aytishicha, odatda ushbu diniy bayramlar kuni qabristonlarga qariyb million kishi tashrif buyuradi.

“Afsuski, bu yilgi bahorda buning imkoni bo‘lmaydi. Koronavirusga chalinganlar soni 6 ming nafardan oshib ketdi. Kasalxonalarda 30 nafardan ortiq kishi vafot etdi. Yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfi juda katta. Biz moskvaliklarni, ayniqsa qabristonlarga tashrif buyuruvchilarning aksariyatini tashkil etadigan qariyalarni xavf ostiga qo‘ya olmaymiz”, — deb yozgan u o‘zining blogida va ushbu qarorni to‘g‘ri qabul qilishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2-aprel kuni mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganini ma’lum qilgan edi. Moskvada karantin qoidalarini kuzatadigan tizim ishga tushirilgan, mamlakatda koronavirusni yuqori aniqlikda aniqlovchi test yaratilgan. Ayni paytda Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 10 ming kishidan oshdi, 76 kishi vafot etdi.

Mavzuga doir: Rossiyada koronavirus infeksiyasi qachon o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют