» » Google o‘z xodimlariga Zoom’dan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi

Google o‘z xodimlariga Zoom’dan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi


Google kompaniyasi o‘z xodimlariga xavfsizlik standartlariga javob bermaydigan Zoom dasturini kompyuterlarga o‘rnatishni taqiqladi, deb xabar beradi 1Prime.

“Siyosatimizga ko‘ra, biz o‘z xodimlarimizga korporativ tarmog‘imizni xavf ostiga qo‘yuvchi sinalmagan dasturlarni o‘rnatishga ruxsat bermaymiz. Yaqinda xavfsizlik bo‘yicha jamoamiz korporativ kompyuterlarda Zoom’dan foydalanadigan xodimlarimizni dastur xavfsizlik standartlariga javob bermagani sabab ishga tushirmaslik to‘g‘risida ogohlantirdi”, — deydi kompaniya vakili Xose Kastaneda.

Zoom videokonferens aloqa dasturi kompaniya xodimlari orasida koronavirus pandemiyasi sabab masofadan turib ishlashga o‘tilganidan keyin ommalashdi. Kompaniyaning kapitalizatsiyasi uch barobarga ko‘payib, kunlik foydalanuvchilar soni 200 milliondan oshdi.

Mavzuga doir:

So‘nggi vaqtlarda Zoom foydalanuvchilarning ma’lumotlarini saqlash borasida yetarli xavfsizlikni ta’minlab bera olmayotgani uchun tanqid qilinmoqda. O‘tgan oyda Motherboard kompaniyasi dastur foydalanuvchilar ma’lumotlarini Facebook bilan bo‘lishayotganini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют