» » 107 yoshli niderlandiyalik ayol koronavirusdan tuzalgan eng keksa bemor bo‘ldi

107 yoshli niderlandiyalik ayol koronavirusdan tuzalgan eng keksa bemor bo‘ldi


Niderlandiyada yashovchi keksa ayol koronavirusdan tuzalgan dunyodagi eng keksa bemor bo‘ldi, deb xabar berdi “NLTimes.nl”.

Gure-Overflakke orolida yashovchi Korneliya Ras 17-mart kuni 107 yoshga to‘lgan. Tug‘ilgan kunidan bir kun o‘tib ayolning ahvoli yomonlashgan. Uning tana harorati ko‘tarilib, yo‘tala boshlagan.

U yashaydigan qariyalar uyida 41 kishida koronavirus aniqlangan.

Korneliya koronavirusni yuqtirgani haqidagi xabarni bosiqlik bilan qabul qilgan. Ayol ikki hafta davolanganidan so‘ng butunlay sog‘aygan. U bilan birga koronavirus aniqlangan keksalarda kasallik og‘ir kechgan. Korneliya yashaydigan qariyalar uyida hozirga qadar koronavirusdan 12 kishi vafot etgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, Korneliya koronavirusdan sog‘aygan eng keksa inson ham bo‘lishi mumkin.

Tashkilotning hisob-kitobiga ko‘ra, koronavirusga chalingan 80 yoshdan oshgan bemorlarning 21,9 foizi vafot etadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют