» » Xitoyda bir sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 42 ta yangi holat qayd etildi

Xitoyda bir sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 42 ta yangi holat qayd etildi


Xitoyda so‘nggi bir sutkada 42 kishida koronavirus aniqlandi, bir kishi kasallikdan vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qayd etilgan 42 ta holatning 38 tasi xorijdan qaytgan kishilarda aniqlangan, 4 kishi esa virusni mamlakatning o‘zida yuqtirib olgan.

Shu paytgacha Xitoyda xorijdan kelgan 1141 kishida koronavirus aniqlangan. Ulardan 733 kishi ayni paytda kasallik bilan kurashmoqda, 34 kishi og‘ir ahvolda, 408 kishi esa tuzalgan. Xitoyda koronavirusni xorijdan yuqtirib kelgan birorta ham bemor vafot etmagan. Mamlakatda bir sutka ichida 85 kishi kasallikdan tuzalib, kasalxonadan chiqqan.

Xitoyning Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 81907 kishini tashkil etmoqda. Ayni paytda 1116 kishi kasallikni boshidan o‘tkazmoqda, ularning 144 nafari og‘ir ahvolda. Kasallanganlarning 77455 nafari tuzalishga muvaffaq bo‘lgan, 3336 kishi vafot etgan.

Xitoy rasmiylari 1-apreldan boshlab kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan holatlar haqida xabar berishni boshladi. So‘nggi bir sutkada ana shunday holatlardan 47 tasi qayd etilgan, ulardan 14 nafari xorijdan kelganlari orasida aniqlangan. O‘tgan sutkada ana shunday kishilardan 40 nafari karantindan chiqarilgan. Ularda o‘tkazilgan test koronavirus borligini ko‘rsatgan, biroq kasallikka xos hech qanday belgilar kuzatilmagan. Ayni paytda kasallik belgilari namoyon bo‘lmayotgan 1097 kishi tibbiy kuzatuvga olingan.

Epidemiya o‘chog‘i bo‘lgan Xubey provinsiyasida so‘nggi bir sutkada birorta ham yangi holat qayd etilmagan. Uxan shahrida esa 49 kishi tuzalib, kasalxonadan chiqqan, bir kishi vafot etgan.

Bir kun avval Xitoyda bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 63 ta yangi holat qayd etilgan edi.

Mavzuga doir: Olimlar koronavirus qachon eng yuqori darajaga chiqishi mumkinligini aniqladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют