» » “Barselona”ning 6 nafar direktori iste’fo berdi

“Barselona”ning 6 nafar direktori iste’fo berdi


“Barselona” direktorlar kengashining olti nafar a’zosi o‘z lavozimini tark etadi, deya xabar qilmoqda AS.

Jamoa perzidenti Jozep Bartomeu bilan kelisha olmayotgan vitse prezidentlar — Emili Ruso va Enrike Tomas, shuningdek, direktorlar — Silvio Elias, Mariya Teyshidor, Xosep Pont va boshqaruv kotibi Xordi Klasamilya iste’fo bergan.

“Barselona”da inqirozning ta’sirini kamaytira olmaslik, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar, shuningdek, klubning koronavirus pandemiyasidan keyingi kelajagi iste’folarga sabab qilib ko‘rsatilgan.

“Quyida qayd qilingan direktorlar Bartomeuga egallab turgan lavozimlarini tark etishini ma’lum qiladi.

Biz shu qarorga keldik va kelajakda, ayniqsa koronavirus pandemiyasidan so‘ng muhim chaqiruvlar oldidan klub boshqaruvini boshqacha yo‘l bilan o‘zgartirib bo‘lmasligini ko‘ryapmiz.

OAVda Bar?agate nomi bilan mashhur bo‘lgan, klub akkauntlari bilan bog‘liq vaziyat bizni hayron qoldirganini qayd etib o‘tmoqchimiz.

Biz “Barselona” uchun o‘z kuchi va energiyasini sarf qilgan direktorlar, rahbariyat hamda hodimlarga ajoyib faoliyat uchun rahmat aytamiz. Biz sevimli “Barsa” uchun zavq bilan ishladik”, — deyiladi iste’fo arizasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bartomeu o‘zining siyosatiga qarshi chiqayotgan bir nechta direktorlarni bo‘shatib yuborish harakatida ekani xabar qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют