» » O‘zbekiston Prezidenti “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi

O‘zbekiston Prezidenti “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi


O‘zbekistonning barcha hududlari kabi Samarqand viloyatida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, tadbirkorlarning erkin faoliyat ko‘rsatishini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zA.

O‘zbekiston Prezidentining 12-yanvardagi “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni soha uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Qarorga muvofiq, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining Urgut tumanida “Urgut-1”, Nurobod tumanida “Urgut-2” va Pastdarg‘om tumanida “Urgut-3” hududlari tashkil etildi. Ushbu hududlar uchun jami 816 gektar yer ajratilib, ularni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash ishlari boshlab yuborilgan.

Bugungi kunda yengil sanoat, maishiy texnika, tibbiyot jihozlari, farmatsevtika, charm-poyabzal, kanselyariya mollari, qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. 2017—2018-yillarga mo‘ljallangan 83 loyiha tayyorlangan, ularning 20 tasi joriy yilda ishga tushiriladi.

Umumiy qiymati 250 million dollarni tashkil etuvchi ushbu loyihalar tijorat banklari krediti va ta’sischilarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Natijada 5,5 ming yangi ish o‘rni tashkil etiladi.

O‘zbekiston Prezidenti ushbu strategik hududni tashkil etish borasidagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi. Hududga salohiyatli tadbirkorlarni jalb etish, xorijdagi industrial zonalar faoliyatini o‘rganish va ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish lozim.

Urgut tumanida muayyan kollejni tanlab, iqtisodiy zonada faoliyat ko‘rsatadigan kadrlar tayyorlash, bunday tajriba “Qo‘qon”, “G‘ijduvon”, “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalariga ham joriy etish kerakligi qayd etildi.

Tadbirkorlar bilan muloqotda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhitidan samarali foydalanish, mahsulotlar sifatini oshirish, eksport faoliyatini rivojlantirish, tashqi bozorlarni o‘rganish va xorijlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют