» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlarning qon zardobidan antitela maqsadida foydalaniladi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlarning qon zardobidan antitela maqsadida foydalaniladi


O‘zbekistonda endilikda koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun sog‘ayib ketganlarning qon zardobidan antitela maqsadida foydalanilishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistondagi bir qator tajribali olim va shifokorlar bilan kelishilgan holda tez kunlarda mutlaqo yangicha usul — koronavirusdan sog‘aygan insonlarning qon zardobini xastaligi og‘ir kechayotgan bemorlarga quyish amaliyotini joriy etish boshlanadi.

Bunda COVID-19 infeksiyasiga chalingan bemorlar qon zardobida virusga qarshi immun tanachalar paydo bo‘lib, ular virusning o‘limiga olib keladi.

“Avvalo, koronavirus infeksiyasidan tuzalgan insonlardan zardob olishdan oldin bir nechta infeksiyalarga tekshiriladi, tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Qo‘shimcha infeksiyasi va kasalligi bo‘lmagan insonlar zardobining kichik bir qismi olinadi, xolos. Bu miqdor donor uchun hech qanday salbiy asoratlarni namoyon qilmaydi. Bu ilmiy jihatdan isbotlangan. So‘ngra yig‘ib olingan zardob yana qo‘shimcha ishlov berish jarayonlaridan o‘tkazilgandan so‘ng kasallik og‘ir kechayotgan bemorlar roziligi va shifokor ko‘rsatmalari hamda maxsus tartiblarga qat’iy rioya qilingan holda qo‘llanilishi mumkin.

Eng muhimi, COVID-19 infeksiyasidan tuzalgan insonlarning qon zardobi kasallik og‘ir kechayotgan yoki uzoq davom etayotgan bemorlarimizga virusni tezroq va osonroq yengish uchun qo‘shimcha kurashish manbai bo‘lib xizmat qiladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 10-aprel Toshkent vaqti bilan soat 10:00 holatiga ko‘ra, 624 kishiga yetdi. Shu vaqtgacha kasallikdan uch kishi (bir ayol va ikki erkak) vafot etdi.  Bundan tashqari, xorijda kamida 23 nafar o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan, ularning uch nafari (uchalasi ham AQShning Nyu-York shahrida) vafot etgan. Mamlakatda koronavirusdan tuzalganlar soni 42 nafarga yetdi.

Mazuga doir: O‘zbekiston SSV piyoz koronavirusni o‘ldirishi haqidagi xabarlarni safsata deb atadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют