» » Koronavirusga chalingan samarqandlik bemor 2 kishiga kasallik yuqtirgani ma’lum bo‘ldi

Koronavirusga chalingan samarqandlik bemor 2 kishiga kasallik yuqtirgani ma’lum bo‘ldi


Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 3 nafarga yetdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, koronavirusga chalingan birinchi bemor bilan muloqotda bo‘lgan yana ikki nafar fuqaroda COVID-19 infeksiyasi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro 2020-yil 4-aprel kuni tomoq og‘rishi va tana haroratining ko‘tarilishi bilan yashash hududidagi poliklinikaga murojaat qilgandi. Unda koronavirus aniqlangach, bemorning katta korxona boshqaruvchisi ekanligi aytilib, u bilan muloqotda bo‘lgan 200 kishi karantinga olindi.

Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yana 325 nafar fuqaro Oqdaryo tumanidagi “Ustoz” sanatoriysi, Samarqand tumanidagi viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasi hamda Payariq tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga joylashtirilgan. Ularning salomatligi ustidan tibbiy nazorat o‘rnatilgan.

Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan bemorlarni belgilangan standartlar bo‘yicha davolash hamda epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 10-aprel, juma kuni, Toshkent vaqti bilan soat 10:00 holatiga ko‘ra, 624 kishiga yetdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют