» » Toshkentga Xitoy kompaniyalari taqdim etgan navbatdagi insonparvarlik yordami olib kelindi

Toshkentga Xitoy kompaniyalari taqdim etgan navbatdagi insonparvarlik yordami olib kelindi


Xitoy Xalq Respublikasi kompaniyalarining navbatdagi insonparvarlik yordami, ya’ni koronavirusga qarshi kurashda foydalanish uchun tibbiyot uskunalari 10-aprel, juma kuni, Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, bu O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi hamda Shanxaydagi konsulxonasining to‘rtinchi jo‘natmasi, shuningdek, insonparvarlik yordami bilan birga Toshkentga O‘zbekiston SSV tomonidan xarid qilingan tibbiyot uskunalari ham olib kelingan.

Xitoydan kelgan qimmatli yuk tarkibiga funksional tibbiy krovatlar, o‘pkani sun’iy shamollatish uskunalari, polimeraza zanjirli reaksiyasi qurilmalari, bolalar va kattalar uchun niqoblar bilan ta’minlangan ambuqoplar, raqamli rentgen diagnostika tizimlari, exokardiografiya va tomir doplerlari uchun kardiologiya sensori, chaqaloqlar uchun o‘pani sun’iy shamollatish uskunalari kiritilgan.

Shuningdek, bilirubinni teri orqali aniqlashga mo‘ljallangan jihozlar, jarrohlik amaliyotining lampalari, havo qabul qilish shkaflari, jarrohlik amaliyoti stollari, gidravlika bilan boshqariladigan stellar, ANDiS 350 tahlil uskunalari va boshqa tibbiy vositalar ham insonparvarlik yordami bilan birga yetib kelgan.

Insonparvarlik yordami O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Xitoy tadbirkorlari uyushmasi, Beizhong Yiling, Narimtex, Yanlin qishloq xo‘jaligi namoyishi, Jiu Mu Touzi, China Construction, Jiangsu Newamstar Packaging Machinery, Jiangsu Penfei, Xiamen Pegasus, Holley Technology, Nanjin Sinopec, Luoyang Daxing company, Shanghai Municipality, Liaoning Leader Investment Holding Group Co.,Ltd., Sany Heavy Industry Co.,Ltd. kabi kompaniya va tashkilotlar tomonidan jo‘natilgan.

O‘zbekistonlik tadbirkor Gulbahor Tojimirzayeva hamda “Shanxay SIPG” futbol klubi yarim himoyachisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovning tibbiy buyumlar ko‘rinishidagi xayriya yuklari ham ushbu samolyotda Toshkentga olib kelingan.

Mavzuga doir: 

Avval Alibaba Group kompaniyasi asoschisi Jek Ma tashabbusi bilan O‘zbekistonga va ShHTga a’zo boshqa mamlakatlarga insonparvarlik yordami yuborilgani, 6-aprelda himoya niqoblari, pirometrlar olib kelingani xabar qilingandi, endi milliarder tashkil etgan jamg‘arma taqdim qilgan nafas yo‘llarida ijobiy bosimni ta’minlaydigan 10 ta apparat O‘zbekistonga olib kelindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют