» » Belarusdagi futbol o‘yinlariga virtual chiptalar sotilmoqda. Stadionlarga butun dunyodan muxlislar tushishi mumkin — faqat ularning suratlari manekenlarga yopishtiriladi

Belarusdagi futbol o‘yinlariga virtual chiptalar sotilmoqda. Stadionlarga butun dunyodan muxlislar tushishi mumkin — faqat ularning suratlari manekenlarga yopishtiriladi


Belarus chempionati Yevropada davom etayotgan yagona liga bo‘lib turibdi va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida efirga uzatilmoqda.

Brestning “Dinamo” klubi ushbu mashhurlikdan foydalanishning o‘ziga xos usulini o‘ylab topdi. Klub “Shaxtyor”ga qarshi Kubok bahsi oldidan virtual chiptalar savdosini amalga oshirdi. Qizig‘i ular odatiy chiptalardan ancha qimmat turadi: o‘yin chiptasi 5 AQSh dollari atrofida tursa, virutal chipta 25—86 dollar narxda sotilgan.

Buning evaziga klub uchrashuv chiptasi, o‘yin oldi jurnali, klub atributkalariga 10 foizlik chegirmani pochta orqali yuborishga va’da berdi.

O‘yin vaqtida muxlislar surati boshsiz manekenlarga joylashtirilgan holda tribunalardan joy oldi. Bundan tashqari manekenga turli xil klublar futbolkalari kiydirildi.

Virutal chiptalarni Rossiya, Buyuk Britaniya, BAA, O‘zbekiston va Erondan 30 nafardan ortiq kishi sotib olgan.

“Dinamo” bu bilan cheklanib qolmoqchi emas, klub chempionat doirasida kechadigan o‘yinlarda ham shu usulni qo‘llamoqchi. Sotuvdan tushgan mablag‘ Belarusda koronavirusga qarshi kurash uchun sarflanadi.

10-aprel holatiga mamlakatda koronavirus yuqtirib olgan soni ikki mingga yaqinlashdi. 19 kishi vafot etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют