» » Suriya armiyasining sobiq generali hukumatni kimyoviy qurolni yashirishda aybladi

Suriya armiyasining sobiq generali hukumatni kimyoviy qurolni yashirishda aybladi


Suriya armiyasining sobiq generali Zohir as-Sakat The Telegraph nashriga bergan intervyusida Suriya hukumati xalqaro tashkilotlardan katta miqdorda kimyoviy qurollarni yashirganligi haqida so‘zladi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.

“Suriya hukumati 1,3 ming tonnagina kimyoviy qurol borligini tan oldi, biroq biz kimyoviy qurol miqdori aslida bundan ikki barobar ko‘p ekanligini yaxshi bilamiz… Ularda kamida 2 ming tonna kimyoviy qurol bo‘lgan”, — dedi as-Sakat.

Zohir as-Sakat 2013-yilga qadar Suriya armiyasining beshinchi diviziyasida kimyoviy qurollar bo‘yicha bo‘linmani boshqargan. Nashrning ma’lumot berishicha, u armiyadan ketgan bo‘lsa ham, Suriya hukumati bilan aloqalarini saqlab qolgan.

Ayni vaqtda AQSh Suriya hukumati kimyoviy qurol zaxirasiga ega ekanligini ta’kidlash bilan birga, uni ushbu quroldan foydalangalikda ham ayblamoqda.

Amerika yaqinda Idlib viloyatiga uyushtirilgan kimyoviy hujum uchun javobgarlikni Suriya hukumati zimmasiga yukladi. Hujum oqibatida 80 dan ortiq inson halok bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют