» » Amerikalik xonanda Kardi Bi koronavirusga chalingan muxlislariga 1 mln dollar tarqatadi

Amerikalik xonanda Kardi Bi koronavirusga chalingan muxlislariga 1 mln dollar tarqatadi


Amerikalik xonanda Kardi Bi Instagram’dagi sahifasi orqali Fashion Nova moda brendi bilan hamkorlikda koronavirusdan aziyat chekayotgan muxlislariga yordam berishini ma’lum qildi.

Xonanda 20-mayga qadar umumiy summa million dollarga yetmaguncha har soatda kimgadir ming dollar o‘tkazib beradi.

“Kardi Bidan ming dollar” aksiyasiga Fashion Nova brendi sayti orqali ariza berish mumkin.

Shuningdek, xayriya aksiyasida ishtirok etishning shartlari bor: ariza beruvchining Instagram akkaunti ochiq bo‘lishi kerak, chunki Kardi Bining shaxsan o‘zi arizalarni ko‘rib chiqadi.

“Men ushbu pullar sizga haqiqatdan ham kerakligini tekshiraman. Shuning uchun meni aldashga urinmang”, — dedi xonanda muxlislariga murojaatida.

Bu Kardi Bining ikkinchi xayriya loyihasi. Avvalroq xonanda Coronavirus qo‘shig‘idan tushgan barcha mablag‘ni pandemiyadan aziyat chekayotganlarga berishini aytgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют