» » “Agrobank” omonatlar bo‘yicha amaldagi shartlar muddatini uzaytirdi

“Agrobank” omonatlar bo‘yicha amaldagi shartlar muddatini uzaytirdi


*“Agrobank” tomonidan joriy yilning aprel va may oylarida muddati kelgan milliy va xorijiy valyutadagi omonatlar muddati avtomatik ravishda 1-iyunga qadar uzaytirildi. Omonat shartnomalari bir tomonlama barcha shartlarni saqlagan holda uzaytiriladi.

*Mijozlar 1-iyunga qadar o‘z xohishlariga ko‘ra, bank filiallariga murojaat qilib hisoblangan foizlarni istalgan vaqtda olib ketishlari mumkin. Bunda omonat bo‘yicha foizlar omonat olingan kunga qadar to‘liq hisoblanadi.

Sanobar Umarova, “Agrobank” ATB matbuot kotibi:

“Biz mijozlarimizni bugungi sharoitda uyda qolishlari qanchalik muhim ekanligini yaxshi tushunamiz. Omonat muddati tugagach ko‘plab mijozlar qayta rasmiylashtirish uchun bank filiallariga tashrif buyurishadi.Buning oldini olish maqsadida, muddati aprel yoki may oyida kelgan omonatlarga foizlar hisoblashni avtomatik tarzda 1-iyunga qadar uzaytirishga qaror qildik. Bu qaror karantin chora-tadbirlari davrida uyda qolishga imkon beradi va ayni paytda ular mablag‘larining kelajagi haqida qayg‘urmasliklariga yordam beradi. Shuni ta’kidlash joizki, mijoz uchun zarurat tug‘ilganda ushbu omonatlar istalgan vaqtda hisoblangan foizlarni yo‘qotmagan xolda ham yopilishi mumkin”.

Bugungi kunda omonatlarni boshqarishning eng qulay usuli bankning “Agrobank mobile” mobil ilovasidir. Mijozlar uydan chiqmasdan, kunning istalgan vaqtida omonatlarni onlayn ochishi, ularni to‘ldirishi va mablag‘larni yechib olishi mumkin. Barcha operatsiyalar bir zumda amalga oshiriladi. Karantin davri bankning masofaviy xizmat ko‘rsatishiga hech qanday ta’sir qilmaydi, ular har doimgidek, 24 soat davomidava uzluksiz ravishda ishlaydi.

“Agrobank” matbuot xizmati

www.agrobank.uz

Instagram

Telegram

Facebook

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют