» » Senat raisi Tanzila Norboyeva o‘zbekistonlik migrantlar masalasida rossiyalik hamkasbidan yordam so‘radi

Senat raisi Tanzila Norboyeva o‘zbekistonlik migrantlar masalasida rossiyalik hamkasbidan yordam so‘radi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva karantin davrida o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining patenti masalasida yordam ko‘rsatishni so‘rab, Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoga maktub yo‘lladi. Bu haqda Senat tomonidan ma’lum qilindi.

Senat tomonidan xabar qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlar orqali Oliy Majlis Senatiga Rossiyada hozirgi murakkab sharoitda ishsiz, mablag‘siz qolgan o‘zbekistonliklardan karantin tugaguncha va mehnat bozori to‘liq tiklanguniga qadar patentni qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqning to‘lash muddatini kechiktirish imkoniyatini ko‘rib chiqish masalasida yordam so‘rab murojaatlar kelib tushmoqda.

Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 2020-yilning 5-aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga nota yuborilgan.

Shuningdek, 8-aprel kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoga maktub yo‘llagan.

Maktubda qardosh Rossiya xalqiga epidemiyani tez orada yengib o‘tishiga chin dildan tilak bildirib, global koronavirus pandemiyasi sharoitida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shu jumladan, parlamentlararo muloqotni qo‘llab-quvvatlash alohida ahamiyat kasb etishi qayd etilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Rossiya hukumati tomonidan qabul qilingan, o‘zbekistonliklarning Rossiyada bo‘lib turishi uchun ruxsat etilgan muddatni uzaytirish hamda mamlakat tashqarisiga chiqish zaruratisiz mehnat faoliyatini davom ettirish uchun yangi patentlar olish shartlarini yengillashtirish bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatlagan.

Shu bilan birga, Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining yuqorida qayd etilgan muammolariga ham e’tibor qaratilib, ularni tezkorlik bilan hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

Senat O‘zbekiston parlamenti va hukumatining mamlakat fuqarolari manfaatlari yo‘lida qilgan ushbu murojaati Rossiya davlatida o‘zining ijobiy javobini topishiga umid bildirmoqda.

Avvalroq Senat raisi Tanzila Norboyeva, senatorlar, shuningdek, Senat devoni xodimlari koronavirusga test topshirgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Tanzila Norboyeva: “Karantin davrida boquvchisiz insonlar, ayniqsa, qariyalar qarovsiz qolmasligi zarur”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют