» » Jizzaxda koronavirusga chalingan prokurorni tekshirgan shifokor boshqa bemorlarni qabul qilayotgani haqida yolg‘on xabar bergan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jizzaxda koronavirusga chalingan prokurorni tekshirgan shifokor boshqa bemorlarni qabul qilayotgani haqida yolg‘on xabar bergan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida koronavirusga chalingan prokuratura xodimi va uning oila a’zolari bilan muloqotda bo‘lgan shifokor bemorlarni qabul qilishni davom ettirayotgani sababli tegishli chora ko‘rish kerakligi haqidagi audioyozuvlar tarqalgan.

Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilinishicha, fuqaro A.J. karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni internet orqali tarqatish maqsadida 7-aprel, seshanba kuni, koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Jizzax viloyatida tuzilgan shtabga qo‘ng‘iroq qilgan. Fuqaro shtab navbatchisiga koronavirusga chalingan prokuratura xodimi va uning oila a’zolariga tibbiy yordam ko‘rsatgan “Doktor A” xususiy shifoxonasi shifokori haligacha o‘z shifoxonasida bemorlarni qabul qilayotganligini va unga tegishli chora ko‘rish kerakligini bildirgan.

Shundan so‘ng mazkur fuqaro viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga qo‘ng‘iroq qilib, javob bergan navbatchilarga “Doktor A” xususiy shifoxonasi shifokorini tekshirib ko‘rish kerakligini, aks holda, ular bilan bo‘lib o‘tgan suhbat jarayoni yozib olingan audioyozuvni internetda tarqatib yuborishini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan 9-aprel, payshanba kuni, fuqaro J.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-5-moddasi (Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni Internet butunjahon axborot tarmog‘i orqali tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Avvalroq Qo‘qonda koronavirusga chalinganlar haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan deputatga jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют