» » Komil Allamjonov OAV va blogerlarga soliq imtiyozlari berishni taklif qildi

Komil Allamjonov OAV va blogerlarga soliq imtiyozlari berishni taklif qildi


Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov bugun soliq mavzusi muhokama markaziga chiqqanidan foydalanib, mass-media sohasiga oid boshqa bir taklifni ilgari surdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida yozib qoldirdi.

COVID-19 pandemiyasi natijasida ko‘plab sohalar kabi ommaviy axborot vositalari ham moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. Vaqt o‘tishi bilan bu muammolar kattalashsa kattalashadiki, lekin ijobiy tomonga o‘zgarishi dargumon. Mana shunday sharoitda ularni qo‘llab-quvvatlamasak, so‘z erkinligining tayanchi bo‘lgan ko‘plab OAVlar yopilib ketishi mumkin. Shunga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari hamda blogerlar (bevosita blogerlik faoliyatida olgan daromadiga nisbatan)ga soliq imtiyozlari berishni taklif qilaman.

Ha, to‘g‘ri, oddiy kunlarda har qanday soliq imtiyozini aksariyat ekspertlar iqtisodiy nuqtayi nazardan ma’qullashmaydi, bunga qarshi chiqishadi. Lekin butun dunyoda katta iqtisodiy inqiroz kutilayotgan bir davrda deyarli barcha davlatlar iqtisodiy tanglikka uchragan turli sohalarni qo‘llab-quvvatlayotganini ham unutmasligimiz kerak. Va men bugun alohida xavotir bilan ta’kidlamoqchimanki, mass-media sohasi ham ana shunday inqirozga uchramoqda.

Yangi O‘zbekistonning muhim va ajralmas qismi bo‘lgan ommaviy axborot vositalarini saqlab qolish uchun birgalikda harakat qilishga barchani chorlab qolaman.

Komil Allamjonov, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning plastik kartalaridagi mablag‘lar haqida soliq idoralariga xabar berish tizimini joriy etish taklif qilinmoqda. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank boshqaruvining qo‘shma qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi va keng jamoatchilik e’tiborini tortdi. Davlat soliq qo‘mitasi ushbu masala yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.

Savdo-sanoat palatasi Soliq qo‘mitasining qarori loyihasida tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqladi. O‘zbekiston Senati kartadagi pul aylanmasi haqidagi axborot olish to‘g‘risidagi qaror loyihasini qayta ishlab chiqishga chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют