» » Tesla zavodining drondan olingan tasvirlari namoyish etildi. Bu yerda odamlardan ko‘ra ko‘proq robotlar ishlaydi

Tesla zavodining drondan olingan tasvirlari namoyish etildi. Bu yerda odamlardan ko‘ra ko‘proq robotlar ishlaydi


Tesla kompaniyasi o‘zining Xitoydagi zamonaviy zavodi qanday ishlashi tasvirlangan ajoyib video bilan bo‘lishdi. Dronlar yordamida olingan videodan ko‘rish mumkinki, zavodda kam odam ishlasa-da, robotlar juda ko‘p, deb xabar beradi Motor.

Ilon Mask yaqin kelajakda Tesla zavodlari to‘liq avtonomga aylanishiga ishonadi, shu sababli sexning ichida birinchi navbatda ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida ishtirok etayotgan juda ko‘p miqdordagi robotlar ko‘zga tashlanadi. Amerika korporatsiyasi rahbarining fikricha, ishlab chiqarishning robotlashtirilishi avtomatizatsiya jarayonlarini oshiradi, bu esa yakuniy mahsulot tayyor bo‘lishini tezlashtiradi. Biroq inson kuchidan to‘liq voz kechishga hali ancha vaqt bor va ko‘plab texnologik jarayonlarni hamon korxona xodimlari bajarib kelmoqda.

Tesla o‘zining Shanxaydagi zavodini bir yil ichida qurib, foydalanishga topshirgan. Korxona avval boshdan faqat Model 3 sedanlari uchun kuzov ishlab chiqarish va yakuniy yig‘ish ishlari bilan shug‘ullanadi. Muhim komponentlar, xususan, elektrodvigatel import qilinmoqda. Model 3 sedanlarining ilk xaridorlari o‘z elektrokarlarini o‘tgan yilning dekabrida qabul qilib olgan.

Mavzuga doir: Ilon Mask Xitoydagi yangi Tesla avtomobillarini yig‘ish marosimida raqsga tushdi (video)

Xitoy koronavirus pandemiyasidan xalos bo‘lgani sabab Shanxaydagi avtozavod o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ygan va bir hafta ichida Model 3 sedanini ishlab chiqarish uch ming nusxaga yetgan, yillik ishlab chiqarishni esa 150 ming elektromobilga yetkazish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют